«Millat ona tili bilan tirikdir!»: savodxonlik bo‘yicha saralash sinovlari
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

«Millat ona tili bilan tirikdir!»: savodxonlik bo‘yicha saralash sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bosh prokuratura markaziy apparati xodimlari davlat tili bo‘yicha an’anaviy respublika tanlovining «Savodxonlik» yo‘nalishida test sinovlarida ishtirok etdilar.

Prokuratura, Departament va Byuro organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Millat ona tili bilan tirikdir!» tanlovi 2021 yildan buyon tashkil etib kelinmoqda. Tanlov xodimlarning nutq madaniyatini yuksaltirish, davlat tilida savodli ish yuritish hamda huquqiy atamalarni aniq qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Saralash bosqichida ishtirokchilarning o‘zbek adabiy tilining imlo, talaffuz va uslubiy me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalari, shuningdek, yuridik terminologiya bo‘yicha bilimlari baholandi. Huquqiy atamalarni to‘g‘ri qo‘llash va fikrni aniq, tushunarli hamda savodli ifodalashga alohida e’tibor qaratildi.

Test natijalariga ko‘ra, birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari aniqlandi. Birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchi tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi.

Telegram Facebook