Akademiya xodimi ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xalqaro CELTA sertifikatini qo‘lga kiritdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya xodimi ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xalqaro CELTA sertifikatini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Til o‘rgatish kafedrasi xodimi X. Yuldashev CELTA (Certificate in Teaching English to Speakers of Other Languages) dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan malaka sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Cambridge English tomonidan taqdim etiladigan CELTA sertifikati o‘qituvchining ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha metodik bilimlari va amaliy pedagogik ko‘nikmalarini tasdiqlaydi. Dastur nazariy tayyorgarlik va pedagogik amaliyotni qamrab oladi. Amaliyot davomida mutaxassislar darslarni kuzatib, o‘qituvchining faoliyatini baholaydilar.

Tayyorgarlik jarayonida darslarni ta’lim oluvchilarning ehtiyojlari va tayyorgarlik darajasiga mos ravishda rejalashtirish, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, kommunikativ yondashuvlarni qo‘llash hamda o‘tilgan mashg‘ulotlarni tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zlashtirilgan yondashuvlarni Akademiyada ingliz tili mashg‘ulotlarida qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarning og‘zaki va yozma nutqini amaliy rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Orttirilgan tajriba kafedra faoliyati doirasida zamonaviy o‘qitish metodlarini ommalashtirish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram Facebook