Kasbiy tayyorgarlik – prokuratura organlarida xizmatning asosi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Kasbiy tayyorgarlik – prokuratura organlarida xizmatning asosi

Akademiyada prokuratura organlariga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlar uchun birlamchi ixtisoslashuv shaklidagi kasbiy qayta tayyorlash kursi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda. Kurs zarur kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish, tinglovchilarni prokurorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish hamda nazariy tayyorgarlikni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Kursda 74 nafar xodim ishtirok etmoqda. 576 soatlik dasturning 160 soati Akademiyada ishdan ajralgan holda o‘tkazildi.

Dastur prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari, prokurorlik nazorati, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat-protsessual faoliyat, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, sudlarda prokuror vakolatlarini amalga oshirish masalalarini qamrab oladi.

Amaliy tayyorgarlik xizmat vaziyatlarini tahlil qilish, keyslarni ko‘rib chiqish, guruhli muhokamalar va topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Tinglovchilar protsessual va boshqa xizmat hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.

Tinglovchilarni tayyorlashga Akademiya o‘qituvchilari, prokuratura organlarining tajribali xodimlari va tegishli soha mutaxassislari jalb etilgan. Kurs davomida qonuniylikka rioya qilish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va kasbiy etika talablariga amal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dasturning amaliy yo‘naltirilgani tinglovchilarga bilimlarini mustahkamlash va prokuratura organlaridagi xizmat vazifalarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Telegram Facebook