Akademiya ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida: navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida: navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi DSc.24/2026.31.01.Yu.01.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Akademiya o‘qituvchisi Davlat Oltinboyevich Oblakulovning 12.00.08 – «Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi» ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlikni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqotda tijoratda pora evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlikni belgilaydigan Jinoyat kodeksi normalari va ularni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari o‘rganildi. Ishda sport musobaqalari natijalariga qasddan ta’sir ko‘rsatish maqsadida pora evaziga og‘dirib olish uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilash, mazkur qilmishni korrupsiyaga oid jinoyatlar qatoriga kiritish va uni kvalifikatsiya qilishga doir qonunchilikni aniqlashtirish bo‘yicha takliflar asoslandi.

Tadqiqot natijalari asosida tijoratda pora evaziga og‘dirib olish jinoyatiga oid normani alohida moddalarga ajratish, shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sud Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Sud amaliyotini tahlil qilish natijalari esa ushbu jinoyatni kvalifikatsiya qilishda yagona yondashuvni shakllantirishga qaratildi.

Himoya yakunlariga ko‘ra, Ilmiy kengash dissertatsiya ishini ma’qulladi. Akademiya jamoasi Davlat Oltinboyevich Oblakulovni dissertatsiya himoyasi bilan tabriklab, ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

Telegram Facebook