Akademiyada fuqarolik sud ishlarida sun’iy intellektdan foydalanishga bag‘ishlangan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiyada fuqarolik sud ishlarida sun’iy intellektdan foydalanishga bag‘ishlangan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi DSc.24/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida Akademiya mustaqil izlanuvchisi O‘rinboyeva Muhlisa Ma’rufovnaning 12.00.04 – «Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya» ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan «Fuqarolik sud ishlarini yuritishda sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbollari: qiyosiy-huquqiy tahlil» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoya qilindi.

Tadqiqotda fuqarolik sud ishlarida sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq huquqiy masalalar va xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Muallif «Raqamli sud» konsepsiyasi doirasida sudga murojaat qilish va ayrim protsessual harakatlarni masofadan amalga oshirish, ish materiallari bilan elektron tanishish, sud xarajatlarini hisoblash hamda sud majlisi bayonnomalarini real vaqt rejimida tayyorlash kabi imkoniyatlarni nazarda tutishni taklif etdi.

Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda qonuniylik, shaffoflik, mas’uliyat, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va ma’lumotlarni himoya qilish tamoyillarini mustahkamlash zarurati asoslantirildi. Tadqiqot doirasida sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish va qo‘llash bo‘yicha etika qoidalari loyihasi ham ishlab chiqildi.

Telegram Facebook