O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Yuridik akademiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, yozgi maktablar tashkil etish, huquq sohasiga oid mintaqaviy tanlovlar va boshqa ilmiy-akademik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni izchil rivojlantirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv Akademiyada BMTning Giyohvandlik vositalari va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mintaqaviy trening doirasida tashkil etildi.