Akademiya vakili Koreyada giyohvand moddalar nazorati bo‘yicha xalqaro kursda ishtirok etmoqda
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya vakili Koreyada giyohvand moddalar nazorati bo‘yicha xalqaro kursda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakili Koreya Respublikasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Koreya kriminologiya va adliya instituti (KICJ) hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘zbekistonda giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish kursida qatnashmoqda. 2026-yil 11–24-oktabr kunlariga mo‘ljallangan dasturda O‘zbekistonning davlat idoralari va ilmiy-amaliy muassasalaridan 15 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda.

Kursda Koreya Respublikasining giyohvand moddalar nazorati bo‘yicha siyosati va huquqiy mexanizmlari, huquqbuzarliklarni aniqlash hamda tergov qilish amaliyoti, zamonaviy nazorat usullari va idoralararo hamkorlik masalalari o‘rganilmoqda. Shuningdek, giyohvandlikning oldini olish, qaramlikni davolash va reabilitatsiyani uyg‘unlashtirgan kompleks yondashuvga e’tibor qaratilmoqda.

Koreya tajribasini milliy amaliyot bilan qiyosiy o‘rganish huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni aniqlash va tergov qilish hamda idoralararo hamkorlik bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga zamin yaratadi.

Telegram Facebook