Jizzax shahrida kriminogen omillar tahlil qilinib, manzilli takliflar ishlab chiqildi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Jizzax shahrida kriminogen omillar tahlil qilinib, manzilli takliflar ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ishchi guruhi Jizzax shahrining “Jizzaxlik”, “Madaniyat” va “Ulug‘bek” mahallalarida kriminogen vaziyatni o‘rgandi.

“Jizzaxlik” mahallasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabablari hamda shart-sharoitlari tahlil qilinib, aniqlangan omillarni hisobga olgan holda manzilli profilaktika bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Akademiyaga biriktirilgan Jizzax viloyati mahallalarida o‘rganishlar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda, profilaktika choralarining natijadorligi esa muntazam baholanmoqda. Akademiya “mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘tkazayotgan o‘quv-seminarlar ham ushbu tizimli ishning bir qismi bo‘lib, ularning mahallalarda profilaktika choralarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Telegram Facebook