Terrorizmga qarshi kurashish sohasida tajriba almashishga qaratilgan amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi delegatsiyasi Manchesterda Angliya va Uels Qirollik prokuratura xizmatining Shimoli-g‘arbiy hududiy bo‘linmasi (CPS North West) vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda terrorizmga oid jinoyat ishlarini tergov qilish, jabrlanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sudda davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash amaliyoti muhokama qilindi.
CPS North West vakillari ushbu yo‘nalishlarda ishni tashkil etish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, terrorizmga qarshi kurashishning boshqa dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilib, ishtirokchilarning savollariga javob berildi.