«Ona tilim – millatim faxri!» shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari, ta’lim oluvchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Dasturdan «Oilam bilan kitob o‘qiyman» mavzusidagi oilaviy chiqishlar, ona tilini madh etuvchi she’r va hikoyalar ijrosi, bolalar o‘rtasida adabiy tanlovlar va viktorinalar, shuningdek, ota-onalar va farzandlar ishtirokidagi intellektual savol-javoblar o‘rin oldi.
Tadbir doirasida badiiy va ma’rifiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
Dasturda kitob mutolaasining intellektual kamolot, mustaqil fikrlash va nutq madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni, oilaviy mutolaaning esa farzandlar tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.