O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bakalavriat fakulteti talabalari uchun «Qonun ustuvor – jazo muqarrar» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Akademiya va IIV Malaka oshirish institutining tajribali professor-o‘qituvchilari ma’ruzalarida inson huquqlarini himoya qilish, har bir ishni qonuniy va adolatli hal etish hamda jazo muqarrarligini ta’minlash masalalari yoritildi.
Muhokamada jazo muqarrarligini ta’minlashda tergov va prokuratura faoliyati, raqamli kriminalistika hamda huquqiy madaniyatning o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbati yakunida qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash uchun puxta bilim, qonuniy dalillar va mas’uliyatli yondashuv zarurligi ta’kidlandi. Har bir ish ortida inson taqdiri turganini unutmaslik huquqshunosning muhim kasbiy mezoni ekani qayd etildi.
Talabalarga nazariy bilimlarni amaliy masalalar bilan bog‘lash, kelgusi kasbiy faoliyatida huquqshunosga xos qadriyatlarga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.