O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi dotsenti H. Xoliqulova Jamoat xavfsizligi universitetida «Jadidchilik g‘oyalari va milliy taraqqiyot: Yangi O‘zbekistonda zamonaviy ilmiy yondashuvlar» mavzusida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Konferensiyada jadidchilik harakatining milliy taraqqiyot tarixidagi o‘rni, ma’rifiy islohotlar g‘oyalari hamda ularning bugungi ilmiy va amaliy ahamiyati muhokama qilindi. Tadbir milliy tarix va ma’naviy merosni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, olimlar o‘rtasida tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muloqot maydoni bo‘ldi.
Konferensiyadagi ma’ruzasi va faol ishtiroki uchun Hulkar Xoliqulovaga O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining tashakkurnomasi topshirildi.