Xavfni öz vaqtida aniqlash: lizing sohasida içki nazorat
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Xavfni öz vaqtida aniqlash: lizing sohasida içki nazorat

Şubhali operatsiyani aniqlash, uning alomatlarini qayd etiş va belgilangan muddatda xabar beriş – lizing taşkilotlarida içki nazorat uçun mas’ul xodimlarga möljallangan ikki kunlik maşğulotlarning asosiy mavzulari böldi. Öquv maşğulotlari Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tomonidan Lizing uyuşmasi, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kur aşiş departamenti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Birinçi kuni lizing faoliyatining turli bosqiçlarida yuzaga keladigan korrupsiyaviy xavflar: manfaatlar töqn aşuvi, lizing obyekti va yetkazib beruvçini tanlaş, mol-mulkni baholaş hamda şartnoma tuziş masalalari körib çiqildi. Şuningdek, jinoyiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatishni moliyalaştirişga qarşi kuraşişning milliy tizimi hamda tavakkalçilikka asoslangan yondaşuv muhokama qilindi. İçki nazorat qoidalariga 2026 yilda kiritilgan özgartişlarga, jumladan, mas’ul şaxsning maqomi, vakolatlari va mustaqilligi kafolatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ikkinçi kuni şubhali operatsiyalarni aniqlash va ular haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar beriş tartibi körib çiqildi. Operatsiya şubhali deb topilganidan keyin bir iş kunidan keçiktirmay xabar beriş, xabarni rasmiylaştiriş, maxsus jurnalni yuritiş, hujjatlarni saqlash va maxfiylikni ta’minlaş talablari tuşuntirildi.

Amaliy misollarda alohida e’tibor talab qiladigan holatlar tahlil etildi: qaytarma lizing, obyekt qiymatining bozor narxidan sezilarli farq qilişi, tölovlarning muddatidan oldin töliq amalga oşirilishi, mablağlar manbasining noaniqligi va uçinçi şaxslar tomonidan tölov qilinişi. Maşğulotlar yakunida içki nazoratning dolzarb masalalari muhokama qilinib, iştirokçilarga sertifikatlar topşirildi. Bunday vaziyatlarni tahlil qiliş qonunçilik talablarini mas’ul xodimlarning kundalik işi bilan bog‘laş imkonini berdi.

Telegram Facebook