Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo'linmasining O'zbekistondagi Milliy Dasturi koordinatori bilan hamkorlikda BMTning Qiynoqlarga qarshi konventsiyasining Fakultativ protokoli qoidalarini milliy qonunchilikka joriy qilish masalalariga bag'ishlangan onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda BMTning Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi raisi o'rinbosari, Qiynoqlarning oldini olish bo'yicha Yevropa qo'mitasi a'zosi Georgiy Tugushi, BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo'linmasining ekspertlari va xodimlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti mas'ul xodimlari, Bosh prokuratura Akademiyasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, TDYUU, JIDU, IIV Akademiyasi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari Qiynoqlarga qarshi konventsiyaning Fakultativ protokoli qoidalarini qonunchilikka implementatsiya qilinishi yuzasidan xalqaro tajriba borasida fikr almashdilar.
Ekspertlar tadbir davomida qiynoqlarning oldini olish va unga qarshi kurash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga yuqori baho berishdi.
Tadbir savol va javoblarga boy tarzda bo'lib o'tdi.
Ishtirokchilar tomonidan xalqaro tajribani o'rganishda shunga o'xshagan davra suhbatlari muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.