Tezkor-qidiruv faoliyati materiallari jinoyat ishi qo'zg'atish uchun asos bo'lishi, jinoyat ishi o'z yurituvida bo'lgan surishtiruv, tergov organlariga, prokurorga tergov harakatlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish uchun taqdim etilishi, shuningdek bu materiallardan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalariga muvofiq jinoyat ishlari bo'yicha isbot qilishda foydalanilishi mumkin.
Ushbu natijalar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan so'ng dalillar sifatida e'tirof etilishi mumkin.