- magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lganlar;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo'lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta maqola hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha 2 tadan kam bo'lmagan ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislariga ega bo'lganlar qabul qilinadi.
“Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risida”gi nizomning 38-bandida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
- magistr yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) diplomi yoki oliy ma'lumot to'g'risidagi (ixtisoslik bo'yicha) diplomga ega bo'lganlar;
- belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo'lganlar;
- Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka 2 yildan kam bo'lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo'lganlar.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo'lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so'ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.