Ushlab turish muddati ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan e'tiboran ko'pi bilan 48 soatni tashkil etadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo'shimcha ravishda 48 soatga uzaytirilishi mumkin.