Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan e'tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur hollarda esa, uni topshirish bilan bir vaqtda xatlanadi.
Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni ro'yxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini e'lon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qo'yish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir.