Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi beriladi.
Mahkumlarga qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan muddati to'rt soatgacha bo'lgan qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi.
Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida – bir sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa – uch sutkadan besh sutkagacha.