Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi:
- fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan kamida 3 ta ixtiro yoki selektsiya yutug'i muallifiga;
- salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro'yxat bo'yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo'yicha talablar bajarilgan holda.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi:
- fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan 3 tagacha ixtiro yoki selektsiya yutug'i muallifiga;
- muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro'yxat bo'yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnal-larda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida.