Yangiliklar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi iqtisodiy huquqni qo‘llashga oid ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi! (shartnoma…

1 007

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda Sudlarda prokuror vakolatani ta’minlash va ijro ishi yurituvi kafedrasiga iqtisodiy huquqni qo‘llashga oid ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish sohasidagi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

To'liq o'qish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi

“Mahalla yettiligi” uchun kiber gigiyena: kiber tahdidlar va kiberbullingdan himoyalanish ko‘nikmalari

382

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Toshkent shahri, Toshkent va Jizzax viloyatlari “mahalla yettiligi” a’zolari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslari doirasida aholi o‘rtasida kiber gigiyena qoidalariga amal qilish va kiber tahdidlardan himoyalanish masalalariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga MDH ishtirokchi davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tayanch ta’lim tashkiloti maqomi berilmoqda

718

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi delegatsiyasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDHning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengashi XI majlisida qatnashdi. Kengash majlisida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatli davlat organlari rahbarlari ishtirok etdi.

To'liq o'qish
Tadbir

Tajriba, yetakchilik va yangi imkoniyatlar: ayol rahbarlarning Akademiya talaba qizlari bilan kasbiy muloqoti

651

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMTning gender tengligini ta’minlash hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 5-sonli Barqaror rivojlanish maqsadini (BRM 5) amalga oshirish doirasida «Raqamlashtirish davrida huquqni muhofaza qilish sohasidagi yetakchi ayollar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

To'liq o'qish
E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) qo‘shma ta’lim dasturiga hujjat topshirgan nomzodlar diqqatiga

790

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) hamkorlikdagi ta’lim dasturiga hujjat topshirgan nomzodlar (ro‘yxat ilova qilinadi) 2026 yil 22 sentyabr kuni soat 13:00 da pasport yoki ID-karta bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga kelishi lozim. Ular birinchi bosqich qabul imtihonlari – og‘zaki suhbatda ishtirok etadilar.

To'liq o'qish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi

“Mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy tayyorgarligi: ilmiy tavsiyalardan amaliy natijalar sari

872

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B. Valiyev rahbarligida Prezidentning 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 14–18 sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi va ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

To'liq o'qish