Markaziy Osiyoda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha II mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishda ishtirok etildi

Markaziy Osiyoda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha II mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishda ishtirok etildi

Akademiya vakillari 2023 yil 9-10 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyoda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish salohiyatini oshirish” loyihasi bo‘yicha ikkinchi mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishda ishtirok etdilar.

Tadbir YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi tomonidan YEXHT Kotibiyatining Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish departamenti (Vena) ko‘magida tashkil etildi.

Tadbirda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi “INL” direktori Jek Anderson, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori v.b. S.Sizov, YEXHT Kotibiyati vakillari M.Stikings va Yu.Nosal, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i Ye.Kolenko, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari rahbarlari, turli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ekspertlari ishtirok etdilar.

Muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i Ye.Kolenko kirish so‘zi bilan itirok etib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi ta’limning dolzarb masalalarini yoritib, YEXHTning bu boradagi ilg‘or tajriba va amaliyotini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ikkinchi mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish vakillari tomonidan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va Markaziy Osiyo huquqni muhofaza qilish organlari uchun raqamli dalillar bilan ishlash bo‘yicha ta’lim sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar va ehtiyojlarni muhokama qilindi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun kiberjinoyatchilik va raqamli dalillar bilan ishlash bo‘yicha barqaror va keng qamrovli ta’limni ta’minlash borasida milliy sharoitda o‘qitishning eng samarali yondashuvlari va usullari ko‘rib chiqildi.

Hududiy muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish ishining yakunlari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlarida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ilmiy va ta’lim salohiyatni oshirish, idoralararo va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalar qabul qilindi.

Tadbir so‘ngida Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari rahbarlari hamda YEXHT Kotibiyati vakillari Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar.

Muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish vakillari Akademiya kiberlaboratoriyasi, Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi, ARM imkoniyatlari, shuningdek, mamlakatimiz prokuraturasi tarixi bilan yaqindan tanishdilar.