Bank komplaensi: shubhali operatsiyalarni aniqlash va xavflarni boshqarish

Bank komplaensi: shubhali operatsiyalarni aniqlash va xavflarni boshqarish

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Markaziy bank bilan hamkorlikda «APEX BANK» AJ ichki nazorat tizimi xodimlari uchun jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlarda milliy qonunchilik va FATF standartlari, moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash, mijozlarni lozim darajada tekshirish, sanksiyaviy cheklovlarga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish hamda shubhali operatsiyalarni aniqlash va tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Amaliy keyslar asosida bank faoliyatidagi xavf va tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, riskka asoslangan yondashuvni qo‘llash hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha yechimlar muhokama qilindi.

Akademiya professor-o‘qituvchilari, Markaziy bank va Departament mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqot bank xodimlarining moliyaviy xavflarni monitoring qilish, shubhali operatsiyalarni aniqlash va ichki nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Telegram Facebook