Moliyaviy xavflar va komplayens: Akademiyada bank mutaxassislari malaka oshirdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Moliyaviy xavflar va komplayens: Akademiyada bank mutaxassislari malaka oshirdi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Markaziy bank bilan hamkorlikda bank xodimlari uchun ikki kunlik maxsus malaka oshirish kurslarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, moliyaviy monitoring hamda korrupsiyaga qarshi komplayens tizimini takomillashtirishga bag‘ishlandi.

Kurslarda AT «Infinbank», AJ «Garant bank» va ATB «Poytaxt bank» xodimlari ishtirok etdi. Akademiya professor-o‘qituvchilari, Markaziy bank va Departament mutaxassislari FATFning xalqaro standartlari, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash, mijozlarni lozim darajada tekshirish va sanksiyaviy cheklovlarga rioya etish masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. Shuningdek, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha nazariy bilimlar amaliy misollar bilan mustahkamlandi.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili A. Irmanov «BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalari asosida korrupsiyaga qarshi komplayensni tashkil etishning ayrim masalalari» mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlar doirasida bank amaliyotida uchrayotgan dolzarb muammolar, ularning oldini olish mexanizmlari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va xalqaro tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

Kurslarda olingan bilim va amaliy yondashuvlar banklarda moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirishda qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali o‘quvlar moliya tizimida shaffoflikni ta’minlash va qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram Facebook