“Et docere et discere servitute legis”
2020 yil 18 mart kuni Bosh prokuratura Hay'ati yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan prokuratura organlari tergov xodimlari malakasini oshirish kursi boshlandi.
To'liq o'qish2020 yilning 13 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasining 4 nafar professor o'qituvchilari – Avazbek Komilov, Luxmonjon Isoqov, Erkin Xojiev va Gulchehra Malikovalarni Markaziy saylov komissiyasi faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.
To'liq o'qishAkademiya tomonidan Namangan viloyat prokuraturasining sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishida xizmat qilayotgan tezkor xodimlari uchun maxsus malaka oshirish kursi tashkil etildi.
To'liq o'qishBosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuror tomonidan o'quv jarayonini prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog'liqligini ta'minlashga oid belgilangan vazifalar ijrosi doirasida respublika prokuratura organlarining sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishida xizmat qilayotgan xodimlar uchun navbatdagi malaka oshirish kursi boshlandi.
To'liq o'qish2020 yil 5-6 mart kunlari Akademiyada “Elektron dalillarni olishda o'zaro huquqiy yordam va kiberjinoyatlarni transmilliy tergov qilish” mavzusida Markaziy Osiyo mamlakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun mintaqaviy seminar-trening o'tkazildi.
To'liq o'qishXalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Bosh prokuratura Akademiyasi kafedra mudiri M.Z.Radjapova bir guruh tashabbuskor va faol ayollar qatorida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bilan ta'sis etilgan «Mo''tabar ayol» ko'krak nishoni bilan…
To'liq o'qishBosh prokuratura rahbariyatining topshirig'iga asosan 2020 yilning 3-4 mart kunlari Bosh prokuratura Akademiyasida Tijorat banklarining ichki nazorat xizmati xodimlari ishtirokida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning miliy tizimini o'zaro baholashning masalalari” mavzusida qisqa…
To'liq o'qish2020 yilning 3 mart kuni 12.00.08 – Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi hamda 12.00.12 – Korruptsiya muammolari (yuridik fanlar) ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish bo'yicha navbatdagi tanlovning yakuniy bosqichi – talabgorlar bilan suhbat o'tkazildi.
To'liq o'qishAI xato qilishi mumkin — muhim ma'lumotni rasmiy sahifadan tekshiring.