“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining OTM bosqichi o‘tkazildi

“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining OTM bosqichi o‘tkazildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan OTM talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining oliy ta’lim muassasasi bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda talabalarning bilim, mahorati va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida uch yo‘nalish asosida baholandi.

Xususan, “Bilimdon kutubxon” tanlov yo‘nalishi doirasida ishtirokchilar test topshiriqlarini bajarib, umumiy bilimlari va mutolaa qobiliyatlarini namoyish etdilar.

“Annotatsiya mahorati” tanlov yo‘nalishida talabalar o‘zlari yoqtirgan asar haqida qisqacha annotatsiya yozib, o‘z tahlil qilish qobiliyati va adabiy zavqini namoyon qildilar.

“Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” tanlov yo‘nalishida ishtirokchilar kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish borasida o‘zlarining ijodiy yondashuvlarini ko‘rsatdilar.

Tanlov yakunida Akademiya bakalavriatining 1-bosqich talabasi M.Ismoilov hududiy saralash bosqichiga tavsiya etildi.

Mazkur tanlov yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.