Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha metodik va maslahat yordami ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mamlakat hududlarida ilmiy yondashuvlar asosida kriminogen muhitni o‘rganish ishlari tizimli davom ettirib kelinmoqda.
Joriy yilning yanvar oyidan boshlab Akademiya rahbariyati boshchiligida tajribali xodimlaridan iborat ishchi guruhlar shakllantirilib, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3 yanvardagi PQ–1-sonli "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ishchi guruhlar bevosita o‘ziga biriktirilgan hududlarda kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda har bir qizil va sariq toifadagi mahalladagi jinoyatchilik dinamikasi va hududiy xususiyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, tahlil qilmoqda.
Tahlillar asosida eng ko‘p uchraydigan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalar va takliflar ishlab chiqilmoqda, shuningdek, tegishli uslubiy va amaliy qo‘llanmalarni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.