Yangiliklar

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Ilm-fan

Akademiya xalqaro ilmiy maydondagi ishtirokini mustahkamlamoqda: Belarusdagi forumda ilmiy tadqiqotlar taqdim etildi

5 461

Belarus Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda qator davlatlarning yetakchi yuridik oliy ta’lim muassasalari va huquqni muhofaza qilish akademiyalari vakillari ishtirok etdi. Muzokaralar markazida raqamlashtirish, texnologik o‘zgarishlar va sun’iy intellektning huquqiy tizimlarga ta’siri masalalari turdi.

To'liq o'qish
E'lon

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ANONSI

5 137

2026-yil 5-may kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiya xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda: Polsha universitetlariga tashrif

2 199

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi delegatsiyasi Polshaning Gdansk va Varshava universitetlariga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik almashinuvni rivojlantirish, shuningdek yuridik ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

To'liq o'qish
E'lon

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy-amaliy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

3 217

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish layoqatiga ega mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

To'liq o'qish
Malaka oshirish

Davlat manfaatlarini sudda himoya qilish samaradorligi oshirilmoqda: prokuror xodimlari uchun malaka oshirish kursi yakunlandi

2 013

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlari amaliyotiga integratsiya qilingan o‘quv jarayoni doirasida Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusining tuman (shahar) prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar yordamchilari hamda viloyat prokuraturalari mahkama xodimlari uchun malaka oshirish kursi yakunlandi.

To'liq o'qish
E'lon

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ANONSI

2 503

2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Tergov harakatlarini o‘tkazishda sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

To'liq o'qish