Yangiliklar

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Ta'lim

Xalqaro huquq bo‘yicha debat klubining kuzgi mavsumiga start berildi

2 906

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining intellektual o‘yinlar zalida “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan “Xalqaro huquqda aholi” mavzusidagi debat klubining kuzgi mavsumiga start berildi. Mazkur platforma talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ijtimoiy faolligini yuksaltirish va yuridik bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan samarali vosita sifatida xizmat qiladi.

To'liq o'qish
E'lon

Anons: BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlar konferensiyasi modeli o‘tkaziladi

3 453

9 Dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kunini nishonlash uchun bag‘ishlangan tadbirlar dasturi doirasida Akademiyada O‘zbekiston yuridik oliy o‘quv yurtlarining magistratura tinglovchilari o‘rtasida BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlar konferensiyasi modeli formatida “BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: sharhning ikkinchi…

To'liq o'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi mintaqaviy treningda ishtirok etildi

2 504

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari joriy yilning 21-24 oktyabr kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Kavkaz mamlakatlari salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan Olmaota shahrida tashkil etilgan “Makroiqtisodiy masalalarga ta’sir o‘tkazuvchi korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusidagi mintaqaviy treningda ishtirok etdi.

To'liq o'qish
Tadbir

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

2 442

Majlisda Akademiya talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va baholash tartibi, 2-kurs sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan magistratura tinglovchilarining magistrlik ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari hamda mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbarlari va biriktirilgan tarkibiy tarmoqlari tasdiqlandi.

To'liq o'qish
E'lon

Filipp Jessap tanlovida ishtirok etish uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasini shakllantirish maqsadida arizalar qabul qilinishi e’lon qilinadi

2 985

Akademiya bakalavriat yo‘nalishining 2- va 3-kurs talabalari hamda magistratura tinglovchilari xalqaro huquq sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri bo‘lgan Jessup xalqaro huquq tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega. Ushbu tanlovda ishtirok etish orqali talabalar o‘z yuridik bilimlarini xalqaro darajada sinab ko‘rish, hamda o‘z malaka va bilimlarini global miqyosda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu…

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Derbi universiteti professori bilan uchrashuv

2 221

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Derbi universitetining (Buyuk Britaniya) jinoyatchilikni tergov qilish sohasi eksperti, professor Rey Bull bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

To'liq o'qish