Kafedra tomonidan masofaviy kurs tashkil etilishi ko'zda tutilib, tashkiliy ishlar nihoyasiga yetmagan.
Kafedra xalqaro sertifikatlarni olishda yordam ko'rsatmaydi. Ammo sertifikatlarni qo'lga kiritish uchun maslahat va yo'l-yo'riq ko'rsatiladi.
Kafedra tomonidan mustaqil o'rganish uchun qo'llanmalar taqdim etiladi.
Har bir daraja uchun guruhlar tashkil etilib, darajasiga ko'ra darslar tashkil etilgan.
Guruhlarda o'rganuvchilarning soni 5 tadan 15 tagacha.
“Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risida”gi nizomning 38-bandida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo'lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so'ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Akademiya har yili 1 sentyabrdan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida qabul kvotalariga muvofiq hujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlar, topshiriladigan imtihonlar ro'yxatini va qabul kvotasi miqdorini ko'rsatgan holda tayanch doktorantura va doktoranturada o'qish uchun, shuningdek mustaqil izlanuvchilik institutiga talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish to'g'risida e'lon beradi.
Hujjatlar Akademiya qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo'lgan davrda qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturada o'qishga talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan Akademiyaga murojaat qiladi:
Akademiyada uning boshlig'i raisligida qabul komissiyasi tuziladi. Qabul komissiyasi a'zolari Akademiya boshlig'i tomonidan tegishli (12.00.07) ixtisoslik bo'yicha yetakchi olimlar orasidan tayinlanadi.
Ixtisoslik bo'yicha imtihonlarni topshirishda qabul komissiyasi tarkibida kamida bitta fan doktori yoki professor bo'lishi zarur, komissiyaning qolgan a'zolari fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari (PhD) bo'lishi mumkin.
Tayanch doktoranturada o'qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o'rganilgan xorijiy til) bo'yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o'rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo'lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo'lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo'lmagan) bo'yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo'lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Kirish imtihonlari savollari Akademiyaning qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va Akademiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, Akademiyaning qabul komissiyasi tomonidan 30 noyabrgacha bo'lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.
Bir necha talabgorlarning doktoranturaga suhbat natijalari bo'yicha ular to'plagan yakuniy ballari teng bo'lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har yili 30 noyabrgacha bo'lgan muddatda ixtisoslik bo'yicha suhbat natijalari va Akademiya qabul komissiyasining xulosasi bo'yicha amalga oshiriladi. Suhbat natijalari Akademiya Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi. Shu bilan birga, Akademiya Kengashi qarorida mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari tasdiqlanadi.
Tayanch doktorantlar bo'yicha:
Qabul komissiyasi tayanch doktoranturada ta'lim oluvchilarning kirish imtihonlari natijalarini majlis protokoli bilan rasmiylashtiradi va 5 kun muddatda Akademiya Kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Shu bilan birga, Akademiya Kengashi qarorida tayanch doktoranturaga qabul qilinganlarning doktorlik dissertatsiyasi mavzulari tasdiqlanadi.
Tayanch doktoranturaga o'qishga qabul qilish Akademiya boshlig'ining buyrug'i bilan har yili 5 dekabrgacha amalga oshiriladi.
Bunda tayanch doktoranturada ta'lim olish keyingi yilning 1 yanvaridan boshlanadi.
O'qishga qabul qilish to'g'risidagi buyruqda ilmiy rahbarlar ham belgilanadi.
Mustaqil izlanuvchilar bo'yicha:
Talabgorlar Akademiya boshlig'ining har yili 5 dekabrgacha e'lon qilinadigan buyrug'i bilan keyingi yilga mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar.
Buyruqda, shuningdek mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant bo'lgan taqdirda) belgilanadi.
Ilmiy unvoni bo'lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o'zida faqat 1 nafar tayanch doktorantga va mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbar etib biriktirilishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo'lmagan izlanuvchilarga o'rnatilgan me'yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.
Tayanch doktoranturada o'qishga qabul qilinganlar, ularning tasdiqlangan mavzulari va ilmiy rahbarlari to'g'risidagi ma'lumot:
Akademiya tomonidan – O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga har yili 10 dekabrgacha;
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan - har yili joriy yilning 15 dekabrigacha O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK)ga taqdim etiladi.
Tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbar to'g'risidagi ma'lumot O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ma'lumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek OAKda ro'yxatga olinadi va “OAK Byulleteni” jurnalida chop etiladi.