Davlat organlarining maxsus bo'linmalari yoki etika komissiyalari.
Maxsus bo'lim yoki axloq komissiyasi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan.
Mahkumlarga qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan muddati to'rt soatgacha bo'lgan qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi.
Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida – bir sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa – uch sutkadan besh sutkagacha.
Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda o'taladi.
Jazoni o'z ish joyida o'tash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar o'zlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar.
Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi.
Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin.
Ishni sudga qadar yuritish jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlar qabul qilingan paytdan boshlanadi hamda tergovga qadar tekshiruvni va jinoyat ishini tergov qilishni o'z ichiga oladi.
Surishtiruv jinoyat ishi qo'zg'atilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
Tezkor-qidiruv faoliyati materiallari jinoyat ishi qo'zg'atish uchun asos bo'lishi, jinoyat ishi o'z yurituvida bo'lgan surishtiruv, tergov organlariga, prokurorga tergov harakatlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish uchun taqdim etilishi, shuningdek bu materiallardan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalariga muvofiq jinoyat ishlari bo'yicha isbot qilishda foydalanilishi mumkin.
Ushbu natijalar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan so'ng dalillar sifatida e'tirof etilishi mumkin.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning deputatlar, senatorlar, sudyalar, prokurorlar, advokatlarni maxfiylik asosida hamkorlikka jalb qilishi taqiqlanadi.
1) turar joylarni tekshirish;
2) pochta, kuryerlik jo'natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish;
3) telefonlar va boshqa so'zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitish;
4) aloqaning texnik kanallaridan axborot olish.