Ha, umumiy ish stajiga qo'shiladi.
dissertatsiya — muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo'lyozma huquqiga ega bo'lgan ilmiy asar;
dissertatsiya avtoreferati — dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy ma'lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan, nashr etilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan qo'lyozma huquqiga ega bo'lgan ilmiy asar;
dissertatsiya bajarilgan muassasa — oliy ta'lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi bo'yicha tadqiqot olib borish uchun mas'ul muassasa sifatida tasdiqlanib, «OAK Byulleteni» jurnalida e'lon qilingan muassasa.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar quyidagilardan malakaviy imtihonlarni topshiradi:
ixtisoslik (dissertatsiya mavzusiga muvofiq);
chet tili (ingliz, frantsuz yoki nemis tili). Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, chet tilidan malakaviy imtihon ish bajarilayotgan muassasaning taqdimnomasi asosida OAK bilan kelishilgan holda taqdimnomada ko'rsatilgan chet tilidan topshiriladi.
IELTS (o'rtacha 5,5 balldan kam bo'lmagan), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo'lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo'lmagan) hamda kamida V2 darajasidagi CEFR, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplome approfondi de langue francaise) va Davlat test markazining malakaviy sertifikatga ega bo'lgan izlanuvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida chet tili bo'yicha malakaviy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.
Chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili) bo'yicha malakaviy imtihonlar esa, yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan har 3-4 yilda (zarurat bo'lganda qisqaroq muddatda) ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda OAK tomonidan ma'qullangan dasturlar asosida topshiriladi.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi:
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi:
Dissertatsiya mavzusi oliy ta'lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Dissertatsiya mavzusi tasdiqlanganidan so'ng, uni ro'yxatga olish va «OAK Byulleteni» jurnalida e'lon qilish uchun tegishli ma'lumot OAKga yuboriladi. Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Fan doktori (DSc) bo'yicha:
Falsafa doktori (PhD) bo'yicha:
Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganiga qadar dissertatsiyaga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.