Yangiliklar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Bakalavriat

Akademiya talabalarining Milliy kutubxonaga tashrifi

2 829

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tanishuv tashrifini amalga oshirdilar kutubxonaga a’zo bo‘ldilar. Tashrif davomida talabalar kutubxonaning resurslari, fondlari va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan tanishdilar.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Hindiston Milliy kriminalistika universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi

2 995

Joriy yilning 28 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Hindiston Milliy kriminalistika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, uzoq muddatli hamkorlik uchun asos yaratadi.

To'liq o'qish
Ta'lim

Xalqaro huquq bo‘yicha debat klubining kuzgi mavsumiga start berildi

2 953

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining intellektual o‘yinlar zalida “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan “Xalqaro huquqda aholi” mavzusidagi debat klubining kuzgi mavsumiga start berildi. Mazkur platforma talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ijtimoiy faolligini yuksaltirish va yuridik bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan samarali vosita sifatida xizmat qiladi.

To'liq o'qish
E'lon

Anons: BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlar konferensiyasi modeli o‘tkaziladi

3 495

9 Dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kunini nishonlash uchun bag‘ishlangan tadbirlar dasturi doirasida Akademiyada O‘zbekiston yuridik oliy o‘quv yurtlarining magistratura tinglovchilari o‘rtasida BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlar konferensiyasi modeli formatida “BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: sharhning ikkinchi…

To'liq o'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi mintaqaviy treningda ishtirok etildi

2 527

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari joriy yilning 21-24 oktyabr kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Kavkaz mamlakatlari salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan Olmaota shahrida tashkil etilgan “Makroiqtisodiy masalalarga ta’sir o‘tkazuvchi korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusidagi mintaqaviy treningda ishtirok etdi.

To'liq o'qish
Tadbir

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

2 469

Majlisda Akademiya talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va baholash tartibi, 2-kurs sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan magistratura tinglovchilarining magistrlik ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari hamda mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbarlari va biriktirilgan tarkibiy tarmoqlari tasdiqlandi.

To'liq o'qish
E'lon

Filipp Jessap tanlovida ishtirok etish uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasini shakllantirish maqsadida arizalar qabul qilinishi e’lon qilinadi

3 017

Akademiya bakalavriat yo‘nalishining 2- va 3-kurs talabalari hamda magistratura tinglovchilari xalqaro huquq sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri bo‘lgan Jessup xalqaro huquq tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega. Ushbu tanlovda ishtirok etish orqali talabalar o‘z yuridik bilimlarini xalqaro darajada sinab ko‘rish, hamda o‘z malaka va bilimlarini global miqyosda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu…

To'liq o'qish