Korrupsiyaga qarshi kurash
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Korrupsiyaga qarshi kurash

“Et docere et discere servitute legis”

Korrupsiyaga qarshi kurash

Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar o‘tkazildi

3 079

Oliy ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kelajagiga ta’sir qiluvchi salbiy oqibatlari” mavzusidagi seminar o‘tkazildi.

To'liq o'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofotning topshirish marosimi va Halollik chempionlari forumida ishtirok etildi

3 143

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari joriy yilning 19-20 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Kongress markazida bo‘lib o‘tgan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan (Qatar Hukumati va BMT shafe’ligida) ta’sis etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimi, shuningdek Halollik chempionlari forumida ishtirok etishdi.

To'liq o'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash

Navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etildi

2 485

Akademiya vakili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etdi.

To'liq o'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etildi

2 459

Akademiya vakillari Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish hamda samarali boshqarish omillari” mavzusidagi seminarda ishtirok etishdi.

To'liq o'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash

BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining konferensiyasi modeli tashkil etildi

2 961

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Akademiya tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va “Mintaqaviy muloqot” XNNT bilan hamkorlikda an’anaviy tarzda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasi modeli: “Konvensiyani amalga oshirish mexanizmi: ikkinchi bosqich obzori” tadbiri tashkil etildi.

To'liq o'qish
Korrupsiyaga qarshi kurash

III Toshkent aksilkorrupsiya forumida ishtirok etildi

2 905

Joriy yilning 3 noyabr kuni Akademiya rahbariyati va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan III Toshkent aksilkorrupsiya forumi ishida ishtirok etishdi.

To'liq o'qish