Xalqaro hamkorlik
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Xalqaro hamkorlik

“Et docere et discere servitute legis”

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro tadqiqot loyihasining taqdimoti

3 677

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xorijiy va milliy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot va aqliy markazlar bilan qo‘shma konsorsium doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan POLCA (G‘arbiy bo‘lmagan jamiyatlarda huquqiy va boshqaruv islohotlarining siyosiy iqtisodiyoti: Markaziy Osiyodan nazar) loyihasining milliy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiya vakillari Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro seminarda ishtirok etdi

3 541

Joriy yilning 15–17-iyul kunlari Moskva shahrida Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro o‘quv-uslubiy markazi tomonidan tashkil etilgan “Yevroosiyo guruhiga (YEOG) a’zo davlatlarning jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JDL/TMQK) milliy tizimlari uchun kadrlar tayyorlashda ishtirok etuvchi ta’lim muassasalarining salohiyatini mustahkamlash” mavzusidagi xalqaro…

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi uchrashuv

3 596

2025-yil 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Lloyd huquq maktabi (Hindiston) prezidenti Maxar Tayrani hamda Penn davlat universiteti Dikinson huquq maktabi (AQSH) magistratura va xalqaro dasturlar bo‘yicha dekan yordamchisi Stefan Barnes bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha prokuratura organlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

2 472

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya elchixonasi bilan hamkorlikda terrorizmga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan maxsus treningning uchinchi bosqichi o‘tkazildi. Bir hafta davom etgan tadbirda jinoyat huquqi va terrorizmga qarshi kurash sohasida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan Britaniyalik ekspert, jinoyat ishlari bo‘yicha…

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Parij-Sakle universitetining qo‘shma ilmiy-tadqiqoti muvaffaqiyatli yakunlandi

2 631

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qilish kafedrasi boshlig‘i L.X Isoqov Fransiyaning yetakchi ilmiy markazlaridan biri – Parij-Sakle universitetida ilmiy stajirovka o‘tab qaytdi. U «Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar huquqlarini himoya qilish: huquqiy asoslar, davlat siyosati va amaliyot» mavzusida tadqiqotni amalga oshirdi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etildi

2 362

Akademiya xodimi Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda BMTning Jinoyatlarning oldini olish va jinoyatchilarni qayta tarbiyalash bo‘yicha Osiyo va Sharqiy Osiyo instituti (UNAFEI) hamkorligida tashkil etilgan “Jinoiy odil sudlov (Tergov, ayblov, sud muhokamasi va xalqaro hamkorlikka e’tibor qaratilgan holda)” xalqaro dasturi doirasida “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishdagi dolzarb…

To'liq o'qish