Xalqaro hamkorlik
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Xalqaro hamkorlik

“Et docere et discere servitute legis”

Xalqaro hamkorlik

Akademiya va YEXHT: hamkorlik muloqoti davom etmoqda

19

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik sektorini boshqarish va isloh qilish bo‘yicha loyihalarini amalga oshirishga mas’ul vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuvda mehmonlarga Akademiyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va qo‘shma loyihalar natijalari taqdim etildi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiya talabalarining xalqaro g‘alabasi

115

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari milliy terma jamoa tarkibida Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha VI xalqaro olimpiadada ikki g‘oliblik va ikki sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi. Finalda qatnashgan to‘rt nafar vakilning barchasi g‘olib va sovrindor bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Olimpiadaning final bosqichi 2026-yil 27-sentabrdan…

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga MDH ishtirokchi davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tayanch ta’lim tashkiloti maqomi berilmoqda

728

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi delegatsiyasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDHning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengashi XI majlisida qatnashdi. Kengash majlisida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatli davlat organlari rahbarlari ishtirok etdi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiyada terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurashishda OSINTning zamonaviy usullari o‘rganildi

1 782

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) hamda Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati ko‘magida ixtisoslashtirilgan seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir Internet tarmog‘ida terrorizm va zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurashishda OSINTning ilg‘or usullaridan foydalanishga bag‘ishlandi.

To'liq o'qish