Xalqaro hamkorlik
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Xalqaro hamkorlik

“Et docere et discere servitute legis”

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

7 358

Xalqaro migratsiya tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida grant mablag‘lari hisobidan zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar va mebel jihozlari bilan ta’minlangan xalqaro migratsiya huquqi akademik laboratoriyasi ham ochildi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Prokuratura organlari xodimlari uchun YUNESKO tomonidan mintaqaviy treninglar o‘tkazildi

8 856

YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari uchun “So‘z va ifoda erkinligi hamda jurnalistlar xavfsizligini ta’minlash” mavzusida qisqa muddatli treninglar o‘tkazildi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Jinoiy odil sudlovga oid qo‘shma loyiha muhoka qilindi

4 412

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Yevropa komissiyasining tashqi siyosat vositalari xizmati, Xalqaro odil sudlov va qonun ustuvorligi instituti (IIJ) hamda Hedayah tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya, shuningdek Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Akademiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida tizimli yondashuv: Akademiya va JICA qo‘shma loyihasi natijalari

9 232

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli hamda 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hududlarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni uslubiy ta’minlash borasida tizimli ishlar olib bormoqda.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish bo‘yicha xalqaro standartlar: Akademiyada seminar-trening o‘tkazildi

8 529

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) hamda AQSH Davlat departamentining giyohvand moddalarning xalqaro aylanmasiga qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha byurosi (INL) bilan hamkorlikda prokuratura organlari tergovchilari va ekspert-kriminalistlar uchun «Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va boshqarish» mavzusida besh…

To'liq o'qish