Ta'lim
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Ta'lim

“Et docere et discere servitute legis”

Ta'lim

Prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi boshlandi

2 455

Akademiyada Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Bosh prokuratura Akademiyasida prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursiga qabul qilish tanlovini o‘tkazish tartibi”ga muvofiq saralab olingan 16 nafar prokuratura organlari xodimlari ishtirokida rahbar kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi boshlandi.

To'liq o'qish
Ta'lim

Murojaatlar asosida prokurorlar tomonidan fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy ishlarni o‘rganishda va sud hujjatlariga protest keltirishda qonuniylikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan malaka…

2 267

Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari ishtirokida “Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlarni o‘rganish va sud hujjatlariga protest keltirish masalalarida qonuniylikni ta’minlash” mavzusida malaka oshirish kursi o‘tkazildi.

To'liq o'qish
Ta'lim

Kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash masalalariga oid o‘quv kursi tashkil etildi.

2 245

Bosh prokuratura Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektorlarga boshchilik qiluvchi prokuratura, ichki ishlar va soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi.

To'liq o'qish
Ta'lim

Magistratura tinglovchilari X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyati bilan tanishtirildi.

3 330

Jinoyat protsessining ajralmas qismi bo‘lgan sud ekspertizasi sohasiga tatbiq etilayotgan innovatsiyalar, mavjud ekspertiza turlarining xususiyati, shuningdek katta ilmiy va amaliy tajribaga ega ekspertlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga Akademiya magistraturasi tinglovchilarining tashrifi tashkil etildi.

To'liq o'qish
Ta'lim

Migratsiya huquqi sohasidagi yangi nashrlar

3 504

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan hamkorlikda “Mamlakatimizda migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami, “Migratsiya huquqiga kirish” nomli o‘quv qo‘llanma va “Migratsiya huquqi” nomli darslik nashrdan chiqdi.

To'liq o'qish