“Et docere et discere servitute legis”
2020/2021 o'quv yili uchun Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda (hujjatlarni onlayn topshirish uchun havola: https://new.proacademy.uz/uz-lat/login). Hujjatlarni topshirishning oxirgi kuni 10 avgust hisoblanadi.
To'liq o'qish2020 yil 27 iyul kuni Akademiya rahbariyatining “Rossotrudnichestvo” tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. A.V.Krasilnikov bilan videokonferensiya shaklida uchrashuvi o'tkazildi.
To'liq o'qishBosh prokuratura Akademiyasi vakillari YEXHTning O'zbekistondagi loyiha Muvofiqlashtiruvchisi janob Dj.MakGregor va Korruptsiyaga qarshi kurash Agentligi direktori A.E.Burxanov bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ishtirok etishdi.
To'liq o'qishJoriy yil 22 iyul kuni Akademiya rahbariyatining Yevropa Kengashi Inson huquqlari va qonun ustuvorligi Bosh boshqarmasining Sharqiy sheriklik va Rossiya Federatsiyasi inson huquqlari Milliy bo'limi rahbari T. Karapetyan va YEK eksperti G. Tugushi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
To'liq o'qish3-darajali Davlat adliya maslahatchisi, yuridik fanlar nomzodi, uzoq yillar davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, Bosh prokuror o'rinbosari, Bosh prokuratura Oliy o'quv kurslari boshlig'i lavozimlarida faoliyat yuritgan Xakimbay Ashirovich Xalimov hayotdan ko'z yumdi. U ko'p sonli huquqshunos-olimlar, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun ustoz sifatida tanilgan edi.
To'liq o'qishO'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati” va “Korruptsiyaga qarshi kurashish” yo'nalishlari bo'yicha magistrantlarning yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkazilmoqda.
To'liq o'qishO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi «O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–6013-sonli Farmoni ijrosi doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan xalqaro hamkorlar ko'magida «O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarni takomillashtirish» mavzusidagi turkum tadbirlar…
To'liq o'qishBosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari O'zbekiston Advokatlar Palatasi hamda “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 16 iyul kuni onlayn rejimda o'tkazilgan “Odil sudlov va yuridik yordam: xalqaro standartlar, milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etdilar.
To'liq o'qishNelson Mandela Xalqaro kunini nishonlash arafasida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 17 iyul kuni “O'zbekiston Respublikasida jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari” mavzusida onlayn davra suhbati o'tkazildi.
To'liq o'qishAI xato qilishi mumkin — muhim ma'lumotni rasmiy sahifadan tekshiring.